Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 1 aprel kuni aholi salomatligini saqlaş va koronavirusga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Prezident sohada kadrlar yetişmovçiligi jiddiy ekanligiga e'tibor qaratdi.
«Sohani, ayniqsa, birlamçi tibbiyot böğinini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlaş zarur. Bu borada, olis va çekka hududlarda joylaşgan oilaviy şifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarida şifokorlarga bölgan ehtiyoj yuqoriligini inobatga olib, «Qişloq şifokori» dasturi qabul qilindi.
Uşbu hududlarda işlamoqçi bölgan şifokorlarga 30 million söm pul mablağlari ajratilişi belgilanib, uşbu maqsadlarga joriy yil budjetdan 20 milliard söm ajratildi.
Lekin, oradan 4 oy vaqt ötgani bölsa-da, na viloyat, tuman va şahar hokimi, na soğliqni saqlaş boşliqlari birorta talabgor bilan şartnoma imzolamagan.
Vaholanki, bugungi kunda olis va çekka hududlar uçun 220 nafar şifokor zarur. Hududlarda 10 ming nafar tor doiradagi mutaxassislar yetişmaydi.
Masalan, Surxondaryoda 130 nafar tez tibbiy yordam, 60 nafar terapevt şifokori, Toşkent viloyatida 113 nafar laborant, Farğonada 100 nafar bolalar şifokori, Namanganda 25 nafar akuşer yetişmaydi.
Amaldagi tizim böyiça yiliga 3 ming nafar tor mutaxassis tayyorlansa-da, har yili yana 2 ming nafar mutaxassis pensiyaga çiqib ketadi», degan prezident.
Şu sababli, prezidentning yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari Laziz Töyçiyev hamda Soğliqni saqlaş vaziri Abduhakim Hojibayevga klinik ordinaturada öqitişning yangi tizimini joriy etib, kelgusi öquv yilidan qabul kvotasini ikki baravarga oşiriş böyiça topşiriq berildi.
Uşbu yangi tizimda ordinatorlar öquv jarayonining yarmini oliygohlar va ixtisoslaşgan markazlarda, qolgan yarmini esa, iş joyida davom ettiradi.
«Viloyat hokimlari öz hududiga zarur bölgan tor mutaxassislikdagi şifokorlarni tayyorlaş uçun mahalliy budjetdan grant ajratişi kerak.
Masalan, uşbu grant asosida öqigan şifokor, grant ajratgan viloyatga borib kamida uç yil işlab beriş majburiyatini olişi zarur», – dedi davlat rahbari.











