Jizzax şahar xalq ta'limi bölimi mas'uli maktablardan birida quriliş işlarini bajarişi lozim bölgan korxonaning hisobraqamiga budjetdan ajratilgan pulni tuşirib beriş evaziga 1 500 dollar olayotganda uşlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Jizzax şahar xalq ta'limi bölimi mas'uli O.A. 1 500 AQŞ dollarini pora sifatida öz xizmat xonasida olgan paytida, içki işlar organlari xodimlari uni jinoyat ustida uşlagan.
Suriştiruvlarda aniqlanişiça, ayblanuvçi mazkur porani Jizzax şahridagi umumta'lim maktablaridan birini ta'mirlaş uçun davlat budjetidan ajratilgan 249 million sömni quriliş korxonalaridan birining hisobraqamiga ötkazib beriş uçun söragan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan O.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.












