Kun.uz muxbirlari 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi Chuama ayollar muruvvat uyiga borib, u yerdagi iste'dodli xotin-qizlar bilan suhbat uyushtirgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 martdagi "Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, "Saxovat" va "Muruvvat" internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida"gi PF-6195-son farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga asosan, Izboskan tumanidagi Chuama nogironligi bo‘lgan ayollar uchun "Muruvvat" uyi 2021 yilda mukammal ta'mirlanadi.
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun Respublika budjetidan 6 mlrd. 403 mln. so‘m pul ajratiladi.
Muruvvat uyi direktori Matlubaxon Toshtemirova o‘tgan gal biz bilan suhbatda shu joy haqida lavha tayyorlangandan so‘ng tarbiyalanuvchilarning ko‘pchiligining oila a'zolari xabar olgani kelganini ta'kidlagan edi.














