Moskvaning Taganskiy sudi Twitter’ni noqonuniy axborotni tizimli ravişda öçirmasdan kelgani uçun bir kun içida uç marta jarimaga tortdi. Bu haqda Moskva sudlari Telegram-kanali xabar berdi.
Jarimalarning umumiy miqdori 8,9 mln rublni taşkil etadi.
Twitter qonunga zid axborotni öçirmagani uçun aybdor deb topilib, 2,4 mln rubl jarima tölaşga hukm qilindi. Sal avvalroq Twitter xuddi öşa ayblov bilan 3,2 mln va 3,3 mln rubl jarimaga tortilgandi.
Qayd etilişiça, kompaniyaga jarimalarni tölaş uçun 60 kun muhlat beriladi.
10 mart kuni Roskomnadzor Rossiyada Twitter işlaş tezligini pasaytirgandi. Regulyatorning ta'kidlaşiça, ijtimoiy tarmoq moderatorlari taqiqlangan kontentni töliq öçirmayapti.
Keyinroq Roskomnadzor talablari töliq bajarilmagan taqdirda Rossiya hududida 16 apreldan Twitter bloklanişini e'lon qildi.













