Özbekiston musulmonlari idorasi joriy yil Ramazon oyida taroveh namozi öqilişi bilan birga 1370dan ziyod masjidda xatmi Qur'on ötkazilişini ma'lum qildi.
«Har yili Ramazoni şarif kirib kelişi bilan yurtimiz masjidlari xatmi Qur'on sadolari bilan burkanadi. Namozxonlar jomelardagi taroveh namozlarida öqiladigan Qur'on tilovatiga some bölib, ulkan ajru savobga ega böladi va ruhiy-ma'naviy ozuqa oladi.
Bu yilgi taroveh namozi va Qur'on xatmi lazzatini mömin-musulmon xalqimiz özgaça soğinç, intizorlik va şavq bilan kutmoqda. Boisi, ötgan yili koronavirus pandemiyasi sababli bu uluğ ne'matdan bahramand bölolmadilar.
Inşaalloh, bu yil yurtimiz masjidlarida taroveh namozi öqiladi. Quvonarlisi, 1370dan ziyod masjidda xatmi Qur'on ötkaziladi.
Qur'on öqiladigan yurtda farovonlik böladi. Bu joyga Allohning rahmati, barakasi yoğiladi, balo-ofatlar ariydi. Hazrati Payğambarimiz alayhissalom «Bir qavm jamlansa, ba'zisi duo qilsa va qolganlari “omin”, desa, albatta, Alloh taolo ularni ijobat qiladi», deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati)», deyiladi Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lumotida.
Bundan avval 2021 yilda yurtimiz masjidlarida Ramazon oyi va taroveh namozlariga tayyorgarlik boşlangani haqida xabar berilgan edi.











