BAA Pro ligasining 23-turida «Şabob Al Ahli» öz maydonida «Al Fujayra»ni qabul qilib, 90-daqiqada ğalabani ilib ketdi. E'tiborlisi, ğalaba goli  Jaloliddin Maşaripov hisobiga yozildi. Jaloliddin goldan taşqari öz hisobiga assist ham yozdirib qöydi. Mezbonlar safida özbekistonlik yana bir yarimhimoyaçi Odil Hamrobekov öyinni asosiy tarkibda boşlab, 39-daqiqada zaxiraga olindi. 

«Şabob Al Ahli» oçkolarini 43taga yetkazib, 3-öringa çiqib oldi. 

Doston Hamdamov töp tepadigan «Hatta» öz uyida «Ad Dafra» bilan jangovar durang qayd etdi. Doston 80 daqiqa davomida harakat qildi. «Hatta» 9 oçko bilan sönggi poğonani egallab turibdi. 

BAA Pro ligasi, 23-tur, 2 aprel
Şabob Al Ahli — Al Fujayra 3:2
Gollar: da Kruz (39), Muhammad Juma (52), Maşaripov (90) — Koutino (3), Ovalabi (32).

Hatta — Ad Dafra 2:2
Gollar: Jonatas (45+2, 53 penalti) — Diop (8), Al Junaybi (76).