Samarqand viloyati Past Darğom tumanida ATB «Agrobank» mansabdor şaxslari fermer xöjaligi rahbari bilan til biriktirib, aholiga naslli qoramol tarqatiş uçun ajratilgan mablağlarni talon-toroj qilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darğom tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, ATB «Agrobank» Gözalkent filiali mansabdor şaxslari ta'minotçi korxona «G.Ç.» fermer xöjaligi rahbari bilan oldindan til biriktirib, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida ajratilgan mablağlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Jumladan, ular fuqaro G.Yu. va boşqalar 241,8 mln sömlik naslli çorva mollarini olgani töğrisida soxta kredit hujjatlarini rasmiylaştirib, davlatning maqsadli kredit mablağlarini talon-toroj qilgan.
Qayd etilişiça, davlat dasturi doirasida ajratilgan mablağlarni özlaştirgan ta'minotçi korxona rahbari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qiliş) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilaştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.











