Bu holatlar ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab böldi. Kun.uz Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navröz Aşurmatovdan olgan ma'lumotga köra, ayni paytda şunday tomoşani uyuştirgan yoşlarning şaxslari aniqlaştirilmoqda.

«Jamiyatda yuriş-turiş va odob-axloq qoidalari bor. Buni qançalik bajariş yoki bajarmaslik fuqaroning öz madaniyati va tarbiyasi bilan boğliq. Videodan körinib turibdiki, bu yoşlar jamiyatdagi şunday qoidalarni mensimasdan, jamoat joyida tartib-qoidalarni qöpol ravişda buzişgan.

Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan ularning şaxslari aniqlaştirilmoqda. Ularga ham, agar voyaga yetmagan bölişsa, ota-onalariga ham tegişli tartibda albatta çora köriladi», – dedi Aşurmatov.

U bunaqa holatlar köpayib borayotgani, ulardan boşqalar ham örnak olişayotganini ta'kidlab ötgan.

«Toşkent metropolitenidagi har bir bekatda nazoratçilar bor, lekin ular vagon içida ketişmaydi. Video vagon yurib ketayotgan paytda olingan. Metropolitenga xontaxta va şunga öxşaş buyumlarni olib kiriş yoki milliy libosda kirişga esa taqiq yöq. Açinarlisi, jamoatçilik vakillari ham bu holatga tomoşabin sifatida qarab, suratlarga olib tarqatişgan», – dedi vazirlik matbuot kotibi.

Navröz Aşurmatov videoda karantin çeklovlaridan eng asosiysi – jamoat transportida tibbiy niqobsiz harakatlanmaslik tartibi ham buzilganiga e'tibor qaratgan.

Joriy yilning 1 aprelidan jamoat joylarida karantin çeklovlariga rioya etilişi ustidan nazorat qat'iylaştirilgan edi.