Telegramdagi @Tashkent_SkyNews kanalining ma'lum qilişiça, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportiga Eron hukumatiga tegişli samolyot kelib qöngan. Bortida Muhammad Javod Zarif boşçiligidagi delegatsiyani olib kelgan uşbu havo layneri Imom Humayniy nomidagi xalqaro aeroportidan parvoz qilgan.

Avvalroq Taşqi işlar vazirligi Eron Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif boşçiligidagi delegatsiya 5 aprel kuni Özbekistonga taşrif buyurişi haqida xabar bergan edi.

Vazirlik xabariga köra, bölajak uçraşuvlar va muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boşqa sohalardagi Özbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlaniş istiqbollarini muhokama qiliş, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar böyiça ham fikr almaşiş rejalaştirilgan.