Qöqondagi tezkor tadbirda qalbaki pul işlab çiqargan şaxslar uşlandi. Ular 24 850 AQŞ dollari miqdoridagi qalbaki pullarni 10 000 AQŞ dollari evaziga sotayotgan bölgan. 

2021 yilning 31 mart kuni Qöqon şahar IIO FMB JQB va DXX Qöqon şahar bölimi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Tezkor tadbir davomida, fuqarolar A.K., A.Ş. va F.A.lar bir guruh bölib, Qöqon şahar Movarounnahr köçasida joylaşgan çoyxonada maxsus xaridorga 24 850 AQŞ dollari miqdoridagi qalbaki pullarni 10 000 AQŞ dollari evaziga sotgan vaqtida daliliy aşyo bilan uşlangan.

Sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga köra, 200 dona 100 AQŞ dollarlik va 97 dona 50 AQŞ dollarlik kupyuradagi pullar poligrafik usulda nusxa köçirib köpaytiruvçi rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qöqon şahar IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, fuqarolar protsessual tartibda uşlangan.

Farğona viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmatining qöşimça qilişiça, uşbu jinoyatni sodir etgan şaxs qonunçilikka binoan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.