Yaqinda kasallikni boşdan ötkazgan va qonida antitanaçalar paydo bölgan şaxslar uçun emlaş heç qanday ziyon keltirmaydi. Aynan emlaş immunitet himoyani kuçaytirişiga hissa qöşadi. Ya'ni, emlaniş şu organizmda paydo bölgan immun tanaçalar titrini yanada köpaytiriş imkonini beradi.

 “Şu örinda ta'kidlab ötmoqçimizki, inson organizmida past körsatkiçlarda bölsa-da, immunitet antitanaçalari titri bölsa, u odamlar himoyalangan böladi. Lekin agarda qon tahlilida antitanaçalar titri tuşib ketsa, bu odamda himoya yöq degani va u odam imkon qadar tezroq emlanişi kerak, çunki u ayni şu damda koronavirusdan himoyalanmagan böladi”, dedi ştab a'zosi.

 Mutaxassis fikriga köra, emlangan odamlar yuqori körsatkiçlarda immunitet hosil qilişi uçun:

  •  vaksinani belgilangan tartibda (ikki yoki uç marta) töliq olişi;
  •  emlaniş jarayonida salomatlikni ehtiyot qilişi, ya'ni boşqa yuqumli kasalliklar yoki surunkali kasalliklar xurujini keltirib çiqarmasligi;
  •  soğlom turmuş tarzi, yengil jismoniy faollik, soğlom ovqatlaniş orqali immunitetni kötarişi;
  •  karantin qoidalariga töliq rioya qilişi, ya'ni uyda ham, uydan taşqarida ham ijtimoiy masofani saqlaşi, atrofida odamlar yoki bolalar köpaysa niqob taqişi, doimiy ravişda qöllarni yuvişi, tomoq va burunni çayib turişi talab etiladi.

 “Emlanayotgan inson şu emlaş jarayoniga taalluqli barça talablarni bajarsa, uning organizmida (2 yoki 3 marta) emlaniş bosqiçlarida yuqori darajada antitanaçalar paydo qilinsa, şu antitanaçalar mavjud davrida koronavirusdan himoyalangan böladilar”, deya Sevara Ubaydullayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda vaksinatsiya tadbirlari 1 apreldan boşlandi. Ayni paytda koronavirusga qarşi emlangan aholi soni 35 mingdan oşgani haqida xabar berilgan edi.