«Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlaridan  şu kungaça koronavirus infeksiyasiga qarşi emlangan fuqarolar soni 35386 nafarga yetdi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida. 

5 aprel kunidagi emlaş körsatkiçlari böyiça yuqori örinlarni Samarqand viloyati (1783 nafar), Toşkent şahri (1691 nafar), Toşkent viloyati (1321 nafar), Namangan viloyati (1171 nafar) va Andijon viloyati (1128 nafar) band qildi.

Emlaş jarayonlari davom etadi.

Şu yilning 1 aprel kuni  5018 nafar, 2 aprel kuni  9211, 3 aprel kuni  9551 nafar fuqaro emlangan edi. 

Eslatib ötamiz, hozirda Özbekiston aholisi COVAX dasturi doirasida bepul taqdim etilgan AstraZeneca vaksinasi (660 ming doza) hamda Xitoyda işlab çiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi (1 million doza) bilan emlanmoqda.

COVAX dasturi doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 mln doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 mln doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini Özbekistonga olib keliş rejalaştirilgan.

Şuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qiliş yuzasidan şartnoma imzolanmoqda. 

Şu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi tomonidan yana qöşimça AstraZeneca vaksinasini xarid qiliş yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.