O‘zbekiston | 12:00 / 06.04.2021
6661
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

MIMAR Group va Adju universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

MIMAR Group qurilish xoldingi va Adju universiteti qurilish sohasidagi yosh mutaxassislarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash masalasida kelishuvga erishdi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston qurilish sohasida jadal rivojlanish kuzatilmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi qurilish tarmog‘ining ulushi 2019 yildagi 6,9% dan 2020 yil yakuniga ko‘ra 7,4% gacha o‘sdi.

Qurilish sohasidagi rivojlanish tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda, MIMAR Group kompaniyasi qurilish sohasidagi ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilishni o‘z asosiy strategik maqsadlaridan biri sifatida belgilab olgan.

2021 yilning 1 aprel kuni Toshkent shahrida MIMAR Group qurilish xoldingi va Adju universiteti o‘rtasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda MIMAR Group direktori Feruzbek Davronov, Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori G‘ayrat Muratov, birinchi prorektor Lim Djyey Ik hamda o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

«Imzolangan memorandum MIMAR Group uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirishga hamda yosh mutaxassislar uchun barcha zarur sharoit yaratishga xizmat qiladi», dedi Feruzbek Davronov.

O‘z navbatida, Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori G‘ayrat Muratov oliy ta'lim muassasasida 2020-2021 o‘quv yilida bakalavriatning «Arxitektura», «Qurilish muhandisligi», «Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi» ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanayotganini ta'kidlab, yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun MIMAR Group kompaniyasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Anglashuv memorandumidan ko‘zlangan maqsad – yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ilmiy-nazariy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdir.

Erishilgan kelishuvlar natijalariga ko‘ra, kadrlar tayyorlashda zamonaviy ta'lim usullari hamda kompyuter va 3D texnologiyalari joriy qilinadi. Shuningdek, universitetning tegishli ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni 2-kursdan boshlab MIMAR Group kompaniyasida malakaviy amaliyotlari o‘tkazilishi, ularning amaliy mashg‘ulotlarini bevosita qurilish obektlarida tashkillashtirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish