Kun.uz poytaxtda biryöla uçta kasalxona – Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning Toşkent şahar va Toşkent viloyati filiallari bino-inşootlari bilan auksion savdolariga çiqarilganiga e’tibor qaratgandi. Maqola e’lon qilingaç, bu masala yuzasidan press-tur ötkazildi.

Press-turda soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Amrillo Inoyatov uçta onkologik şifoxonani yagona kompleksga birlaştirib, yangi bino quriş işlari Vazirlar Mahkamasining yopiq qarori asosida “Mimar Group” MÇJga berilganini ma’lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Inoyatovga köra, kompleks qurilişi uçun 600 mlrd söm (taqriban 53,3 mln dollar) ajratilgan. Avvalroq Soğliqni saqlaş vazirligi kompleksni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlaşga 80 mln dollar ajratilayotganini ma’lum qilgandi. Vazirlikka köra, yangi majmua 2023 yil may oyida işga tuşiriladi.

Mimar Group sönggi vaqtlarda quriliş va ta’mirlaş böyiça Toşkentda köplab davlat buyurtmalarini qölga kiritib kelmoqda.

Şu yil boşida Kun.uz sayti mazkur kompaniya rahbari bölgan Dilmurod Ğoyipov Speedway Line nomli boşqa bir kompaniyaning egalaridan biri ekani, bu firmaning yuridik manzili va telefon raqami Artel kompaniyasiniki bilan bir xil, elektron poçtasi esa Artel kompaniyasining rasmiy sayti – artelgroup.org domenida joylaşgani haqida yozgandi.

2019 yildagi ma’lumotlarga köra, Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev egalik qilgan Dream Production kompaniyasini Dilmurod Ğoyipov boşqargan.

Davlat reyestrida bugun, 25 noyabr holatiga Mimar Group'ning rahbari sifatida Davronov Feruzbek Ğulomjonoviç, ta’sisçilari sifatida Ğaniyev Alişer Abdubasitoviç (57,9%) va Yaminov Kozimbek Ötkiroviç (42,1%) körsatilgan.