Iordaniya poytaxti Ammonda 4 aprelga ötar keçasi davlat töntaruviga urinişning oldi olingani ma'lum qilingandi. Uşbu voqealar yuzasidan podşohlik oilasi a'zosi Şarif Hasan bin Zayd va podşoh Abdulla IIning sobiq maslahatçisi Bassam Avadalla hamda bir qator yuqori lavozimli amaldorlar hibsga olingan. Şuningdek, podşohning ukasi Hamza ibn Husayn uy qamoğiga olingani ma'lum qilgandi. Keyinroq u audioyozuvda armiyaning sukut saqlaş haqidagi buyruğiga böysunmasligini aytgan.

9News naşrining xabar berişiça, podşohlik saroyi Twitter-akkauntida şahzodaning podşoh atrofida birlaşişga çaqiruvçi maktubi e'lon qilingan.

 “Oxirgi 2 kunda yuz bergan voqealar ortida men özimni oliy hazratlari qöliga topşiraman va ajdodlarimiz ögiti, ularning merosiga hamişa sodiq bölib qolaman. Men Iordaniya Hoşimiylar podşohligi konstitutsiyasiga sodiq qolaman va hamişa podşoh hazratlarini qöllab-quvvatlayman”, deb yozgan şahzoda öz maktubida.

Şahzoda maktubning çap pastki burçagida hozirda öz amakisi – şahzoda Hasan uyida ekanini yozgan.

“Milliy manfaatlar hamma narsadan ustun bölişi kerak va barçamiz podşoh hazratlarining Iordaniya va uning manfaatlarini himoyalaşdagi sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşimiz hamda Iordaniya xalqi uçun eng yaxşi narsalarni ta'minlaşimiz lozim”, deb qöşimça qilgan şahzoda.

Podşoh Abdulla II şahzoda Hamzani 2004 yilda valiahd şahzoda maqomidan mahrum etib, uşbu maqomni hozirda 26 yoşda bölgan öğli Husaynga bergan.