Qonun 14ta moddadan iborat bölib, 11ta qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritilişi nazarda tutilmoqda.

Senat Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a'zosi Farhod Boqiyevning yozişiça, hozirgi paytda amaldagi “Qurol töğrisida”gi qonunda fuqarolik va xizmat quroli hamda öq-dorilar sohasida litsenziyalaş va ruxsatnoma beriş vakolati Milliy gvardiya organlariga yuklatilgan.

Biroq, fuqarolik va xizmat quroli hamda öq-dorilarni saqlaş qoidalariga rioya qilinişi ustidan nazorat, aniqlangan qoidabuzarliklar böyiça çora köriş esa içki işlar organlariga yuklatilgan.

Xorijiy davlatlarda qurol muomalasi sohasidagi munosabatlar, ya'ni litsenziyalaş va ruxsatnoma beriş hamda ularning talablariga rioya etilişini nazorat qiliş vakolati yagona davlat organiga topşirilgan.

Şu sababli, respublikada ham qurol sohasida litsenziya va ruxsatnoma beriş hamda nazorat qiliş funksiyalarini yagona davlat organiga ötkaziş zaruriyati mavjud.

Şuningdek, “Qurol töğrisida”gi qonun qabul qilinganidan söng öqotar quroldan taşqari pnevmatik, gazli, signal beruvçi, tiğli, uloqtiriş quroli va elektroşok qurilmalariga egalik qilişga ruxsat berildi.

Biroq, öqotar bölmagan yuqorida körsatilgan qurollarga noqonuniy egalik qiliş uçun esa qonunçilikda javobgarlik mavjud emas.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi va Jinoyat kodekslarida faqatgina öqotar qurolni saqlaş qoidalariga rioya qilmaslik va noqonuniy egalik qiliş uçun javobgarlik belgilangan.

Ötgan 2020 yilda öqotar bölmagan qurolga ruxsatnomasiz egalik qiliş bilan boğliq aniqlangan 2 174ta holat böyiça şaxslarga javobgarlik çoralari köriş uçun huquqiy asos bölmagan. Bu öqotar bölmagan qurollar bilan fuqarolar örtasida “erkin muomala qiliş” vaziyatini şakllanişiga imkon yaratmoqda.

“Sodda qilib aytganda, öqotar bölmagan qurolga noqonuniy egalik qiliş, ya'ni uyda saqlaş, köça-köyda olib yuriş, ta'lim muassasalariga olib boriş va hokazo holatlarda qurol egasi undan turli jinoiy maqsadlarda foydalanmasligiga “kafolat” yöq.

Şu sababli qonunçiligimizdagi uşbu “huquqiy böşliq”ni töldiriş maqsadida qöyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda:  

birinçidan, qurol va uning öq-dorilari muomalasini davlat tomonidan tartibga soliş va nazoratni amalga oşiriş funksiyalarini Milliy gvardiyadan içki işlar organlariga ötkaziş;