Vazirlik bayonotida aytilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustda qabul qilingan 666-sonli «Davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilari uçun yagona maktab formasini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangan.
«Bugungi kunda davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilari ta'lim muassasasiga mazkur Nizom talablarida belgilangan tartib hamda ta'lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan maktab formasiga muvofiq kiyinişlari, 2024/2025 öquv yilidan boşlab esa Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 iyundagi 509-son qarori bilan davlat umumiy örta ta'lim muassasalari uçun hukumat tomonidan tasdiqlangan maktab formasi majburiy hisoblanadi.
Nizomda öquvçilar ta'lim muassasasi binosi içida boş kiyimsiz yurişlari kerakligi, maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvçi elementlarni (hijob, kipa, kaşaya, xoç va boşqalar) qöşişga yöl qöyilmasligi körsatilgan.
Nizomga muvofiq, öquvçilarning maktab formasini kiyiş tartibiga rioya qilmaslik ta'lim muassasasining içki tartib-qoidalarini buziş deb baholanadi va bunday öquvçilarga çora qöriladi», deyiladi bayonotda.
2018 yil 15 avgustda Vazirlar Mahkamasi yagona maktab formasi töğrisida qaror qabul qilgan edi.
2019 yil may oyida öşa davrda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari lavozimida işlagan Saida Mirziyoyeva maktab formasini majburiy qilişdan köra maktablardagi boşqa muammolarga e'tibor qaratiş kerakligini ta'kidlagandi.
Şundan söng, 2019 yil 19 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi 666-son qaroriga özgartirişlar kiritiş haqida 509-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan 666-sonli qarorning 3 va 7-bandlarigagina özgartiriş kiritilib, yagona maktab formasi 2019-2020 öquv yilidan emas, 2024-2025 öquv yilidan boşlab joriy etilişi belgilandi.












