Kun.uz mazkur hodisa yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmatidan izoh oldi.

Nurobod tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Erkin Pardayev hodisa haqiqatan Nurobod tumani markazida sodir bölganini tasdiqladi. Uning aytişiça, Nurobod tumani hududi juda katta va uning asosiy qismi yaylovlardan iborat. 2020 yil 3 sentabr kuni prezidentning «Özbekiston Respublikasida pillaçilik va qorakölçilikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilingan. Şundan söng qorakölçilikni rivojlantiriş uçun tumanda ikkita klaster taşkil etilgan va ularga böş turgan yaylovlar biriktirib berilgan.

Klasterlardan biri öziga tegişli yerning bir qismini özaro şartnoma imzolab, çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklaridan biriga bergan. Şundan söng fermer xöjaligi bilan odamlar örtasida mojaro kelib çiqqan. Fermer xöjaligi yer uçun pul tölayotganini aytgan. Odamlar ham öz qöylarini öşa yaylovlarda boqişini bildirgan.

«Şu paytgaça xohlagan joyida öz qöy podasini boqib kelgan odamlar yaylovlar klasterlarga berib yuborilganini hazm qila olmayapti. Oqibatda endi nizo çiqmoqda, qöylarini haydab hokimiyatga kelişdi. Klaster va u bilan işlaydigan fermer xöjaligi odamlarni yaylovlardan şunçaki quvib yubormayapti. Balki endi özaro şartnoma tuzib belgilangan hududlarda qöylarini boqişi mumkinligini aytyapti. Ammo şu paytgaça, heç qayerga heç qanday tölov tölamasdan, yaylovlarda qöylarini boqib kelgan odamlar bunga könişmayapti», dedi Erkin Pardayev.

Hodisa yuzasidan Samarqand viloyati IIB ham öz munosabatini bildirdi. Unga köra, Respublika Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi tomonidan «Samarqand qoraköl klaster» MÇJ korxonasiga 151 ming gektar hamda «SP LUXE» MÇJ qöşma korxonasiga 197 243,4 gektar yaylov yer maydonlari ajratilgan.

«SP LUXE» MÇJ va Nurobod tumani Qorakölça massivida faoliyat yuritayotgan «Sohibkor Hojiakbar» fermer xöjaligi örtasida 49 yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga oliş böyiça özaro şartnoma tuzilgan. Şartnomada  belgilangan yerda 1450 boş mayda şoxli mollarni boqiş körsatilgan bölsa-da, uşbu yer maydonida fermer xöjaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod çorva mollari boqilgani Qiliçli mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab bölgan. Şu sababli klasterning 1450 boş qöylari mahalliy aholi tomonidan 2021 yil 6 aprel kuni soat 16:00larda tuman markaziga haydab kelingan.  

Şundan söng tuman hokimi, tuman içki işlar bölimi boşliği boşçiligida «SP LUXE» MÇJ qöşma korxonasi iş boşqaruvçisi va fuqarolar iştirokida yiğiliş ötkazilgan. Unda «SP LUXE» MÇJ rahbari va «Sohibkor Hojiakbar» fermer xöjaligi örtasida tuzilgan şartnoma bekor qilinişi mutasaddilar nazoratiga olingan.