Jamiyat | 12:58 / 07.04.2021
25119
2 daqiqa o‘qiladi

Velosipedda Samarqandga otlangan otaxonlar 7 kun deganda Farg‘onaga qaytib kelishdi

31 mart kuni 31 nafar farg‘onalik oqsoqollar Qo‘shtepa tumanidan velosipedda Samarqandga safarga chiqishgan edi.

2 aprel kuni Samarqandga kirib borgan sayohatchilar ziyoratni ado etishib, 6 aprel kuni Farg‘ona shahriga yetib kelishdi. Ular «Samo» sport majmuasida keng jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.

Eng yoshi 58, eng ulug‘i esa 79 yoshga kirgan velosayohatchilar yaqin kunlarda Qirg‘izistonning O‘sh shahriga qarab yo‘lga chiqishmoqchi.

«1942 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilganman. Velosiped uchish sog‘lik uchun foydali. Bu sport turini yoshlarga doim tavsiya qilib kelganman. Avval Andijon, Qo‘qon, Namangan, Quva shaharlariga velosayr uyushtirgan edik. Bu safar Samarqandni ziyorat qilib qaytdik.

Yo‘lga chiqqanimizga 7 kun bo‘lgan edi. Yo‘llarda qiyinchilik bo‘lmadi. Barcha sharoitlarni qilib berishdi. Yaqin kunlarda Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yo‘lga chiqmoqchimiz», - deydi qo‘shtepalik 79 yoshli Mamadali Karimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Sarvar Ziyoyev tayyorladi.

Mavzuga oid