Petra naşrining xabar berişiça, podşoh öz murojaatida armiya va xavfsizlik kuçlari isyonni boşlanğiç bosqiçida bostira olganini ma'lum qilgan.

“Bugun men sizga murojaat qilmoqdaman. Podşohlikning barqarorligi va xavfsizligiga heç kim va heç narsa rahna solmayapti. Sizni işontirib aytişim mumkinki, nifoq töxtadi”, deb aytgan podşoh öz murojaatida. 

 Abdulla IIning ta'kidlaşiça, oşkor qilingan fitnada içki va taşqi kuçlar iştirok etgan. Podşoh töntaruvga urinişga aloqadorlikda ayblanayotgan ukasi - sobiq valiahd şahzoda Hamza ibn Husayn “hozirda saroyda öz oilasi bilan birga ekanini, uning masalasi oila içida hal qilinişini” aytgan.

Iordaniyada davlat töntaruviga urinişda gumon qilinib podşohlik oilasi a'zosi Şarif Hasan bin Zayd, Abdulla IIning sobiq maslahatçisi Bassam Avadalla va şahzoda Hamza hibsga olingandi. Bundan taşqari, bir neça yuqori lavozimli zobitlar, mahalliy beduin qabilalari yetakçilari va nomi oşkor qilinmagan razvedka agentligi a'zolari ham hibsga olingan.

Abdulla II Iordaniyaga 1999 yildan beri hukmdorlik qilib keladi. U taxtni egallagunça podşohlik armiyasi maxsus kuçlariga qömondonlik qilgan.