Qarşi şahrida yaşovçi aka-ukalar korxonalardan biriga tegişli transformatorni öğirlab ketişgan. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati IIB xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, Qarşi şahar «Beklar» mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi aka-ukalar M.Ye. va Z.Ye. 7 mart kuni özaro jinoiy til biriktirib, şu mahallada yaşovçi B.U. rahbarlik qiladigan korxona balansida bölgan transformatorni öğirlab ketgan.
Qayd etilişiça, quvvati 250 kVtli transformatorning hozirgi kundagi bahosi 35 million sömni taşkil qilgan. Mazkur öğrilik jinoyati Qarşi şahar PPX va JTSB PPXB 1-otryad bölinma komandiri va Milliy gvardiya Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanib, öğrilar uşlangan.
Ta'kidlanişiça, Qarşi şahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan M.Ye. va Z.Ye.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.











