BAA Liga kubogi finali doirasidagi «Şabob Al Ahli» - «An Nasr» jamoalari örtasidagi bahs yakuniga yetdi.
Uçraşuvda asosiy tarkibda maydonga tuşgan Jaloliddin Maşaripov töliq öyin davomida töp surib, penaltilar seriyasida jamoasiga kubokni keltirdi.
Öyin davomida hisob oçilmagaç, penaltilar seriyasida jamoasining 5-zarbasini «Panenka uslubi»da yöllagan özbekistonlik yarimhimoyaçi «Şabob Al Ahli»ga ğalaba keltirgan zarba muallifiga aylandi. Raqib jamoaning sönggi zarbasi noaniq çiqli. Yakunda Maşaripov klubi safidagi dastlabki sovrinni boşi uzra kötardi.

Penaltilar seriyasida hal qiluvçi golni Panenka uslubida golga aylantirgan va öyin davomida faol bölgan Maşaripov final uçraşuvining eng yaxşi futbolçisi deb topildi.
BAA liga kubogi. Final.
«Şabob Al Ahli» - «An Nasr» - 0:0. Penaltilar seriyasi - 5:4
«Şabob Al-Ahli»: Majid Nosir, Volid Abbos (Yusuf Jobir, 56), Abdulaziz Husayn, Muhammad Marzuq, Hamdan al-Kamoli, Karlos Eduardo, Majid Hassan, Federiko Kartabiya (Abdulaziz Sanqur, 87), Abdulloh al-Naqbi (Muhammad Juma, 69), Jaloliddin Maşaripov, Igor Jyezus.
Çetlatişlar: Marzuq (82) - Glaber (36).











