XXR bozor regulyatori Alibaba kompaniyasini monopoliyaga qarşi qonunlarni buzgani uçun 2,78 milliard dollar miqdorida jarimaga tortdi.
XXRning bozor regulyatori Alibaba kompaniyasini monopoliyaga qarşi qonunlarni buzganlikda aybladi. Ma'lum qilinişiça, Alibaba xatti-harakatlari elektron tijorat bozoridagi raqobatga salbiy ta'sir körsatgan.
Xitoy Bozorni nazorat qiliş davlat agentligi ma'lumotlariga köra, kompaniya monopoliyaga qarşi qonunlarni buzgani uçun 18,22 milliard yuan (2,78 milliard dollar) miqdorida jarima tölaydi. Jarima kompaniyaning 2019 yilda Xitoyda sotgan savdosining 4 foizini taşkil etadi.
«Alibaba savdolarida iste'molçilarni öz xizmatlaridan «ilojsiz» foydalanişga majbur qiliş siyosati borligi tasdiqlandi. Bu Xitoyning elektron tijorat bozoridagi raqobat muhitiga salbiy ta'sir körsatgan», deb ta'kidlagan agentlik.
Bungaça, Xitoyda solingan rekord jarima 975 mln dollarni taşkil qilgan va uni 2015 yilda AQŞning Qualcomm kompaniyasi Xitoyning monopoliyaga qarşi qonunlarini buzgani uçun tölagan.
XXR hukumati va Alibaba örtasidagi keskinlik Jyek Maning ötgan yil oktyabrda xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytib, Xitoy banklarini tanqid qilganidan söng boşlandi.
Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni şaffof raqobat prinsiplarini va iste'molçilar huquqlarini buzganlikda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekşiruv boşlangani ma'lum qilindi.
Avvalroq, Xitoy antimonopol kompaniyalari Alibaba'ga rekord darajada - 975 million dollar jarima tayinlaşi mumkinligi ma'lum qilingandi. Bunga 2020 yil oxirida Alibaba rahbari Jyek Maning Xitoy moliya idoralari faoliyatini tanqid qilganligi asosiy sabab sifatida körsatilgan.
Şuningdek,XXR raisi Si Tszinpin Xitoy Kommunistik partiyasi moliyaviy maslahat va muvofiqlaştiruvçi qömitasi yiğilişida köplab ma'lumotlar va iqtisodiy qudratga ega bölgan internet-kompaniyalari ustidan nazoratni kuçaytiriş, monopoliyalarga qarşi kuraş va kapital nazoratsiz köpayişining oldini oliş böyiça körsatma bergandi







