“Men nogironlar aravaçasida harakatlanmoqdaman, çunki bu ança qulay. Oyoqlarim qoniqarli ahvolda emas”, deb aytgan Zeman Blesk naşriga bergan intervyusida.

Prezidentning ta'kidlaşiça, u şifokorlar tavsiya qilgan nogironlar aravaçasidan rasmiy tadbirlarda ham foydalanadi.

76 yoşli Zeman vaqti-vaqti bilan Pragadagi markaziy harbiy gospitalda davolanib turadi. U, şuningdek, qand kasalligidan aziyat çekadi.

Zeman 2013 yilda Çexiya prezidenti etib saylangan. 2018 yilda u ikkinçi beş yillik muddatga qayta saylangandi.