11 aprel kuni soat 06:25 da Farğona viloyati Quvasoy şahar «Ziynat» MFY, Azizov köçasidagi köp qavatli uylardan birida çaqnaş sodir bölgan.

Farğona viloyat FVB axborot xizmatining xabar berişiça, voqea gaz va havo aralaşmasining çaqnaşi natijasida sodir bölgan. Ta'kidlanişiça, xonadon tabiiy gazdan qarzdorligi sababli tarmoqdan uzib qöyilgan. Biroq xonadon egasi, fuqaro A.I. özboşimçalik bilan rezina şlang orqali yonğin va texnika xavfsizligi talablariga javob bermaydigan holda tarmoqqa qaytadan noqonuniy ulanib oladi.

Natijada xonadon egasi gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida turli darajada kuyiş tan jarohatlari olgan hamda davolaniş uçun şifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan mas'ul mutasaddi taşkilotlar tomonidan binoning foydalanişga yaroqlilik holati örganilayotgani ma'lum qilingan. Şuningdek, çaqnaş binoning 4-qavatida sodir bölgani sababli, qöşni 16 ta xonadonda yaşovçi 36 nafar fuqaro yaqin qarindoşlarinikiga vaqtinça köçirilgan.

Holat böyiça tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilmoqda.