Toşkent şahridagi Ahmad Doniş köçasining Yunusobodga olib boruvçi 4,5 kilometrdan ortiq bölgan qismi ikki oyga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Xabar berişlariça, Ahmad Doniş köçasining Sebzordagi Nurafşon aylanma köçasidan to Mega Planet savdo majmuasi oldidan ötgan Yangişahar köçasigaça bölgan qismi «yöl-ta'mirlaş işlari tufayli» yopilmoqda.

Qayd etişlariça, bu vaqt davomida «ikki yönaliş harakatlanişi yölning bitta tomoni böylab taşkil etiladi». «Tirbandliklarning oldini oliş uçun haydovçilarga aylanma yöllardan foydalanişni tavsiya etamiz», — deyiladi hokimlik axborotida.