6 aprel kuni MAZ OAJ Toşkentdagi ikkinçi savdo ofisining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Belarus Respublikasining sanoat vaziri Pyotr Parxomçik, MAZ OAJ boş direktori Valeriy Ivankoviç, MAZ-Toşkent XKning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Valeriy Jiganov va özbekistonlik hamkorlar iştirok etişdi.

Tadbir avvalida özbekistonlik san'at ustalari raqs va tomoşalar bilan mehmonlarni xuşnud etişdi.

2016 yilning 2 mart kuni MAZ-Toşkent XK Özbekistondagi işlab çiqariş faoliyatini boşlagan. Hozirda MAZ Özbekistonning yuk taşiş texnikasi bozorida taniqli va öz örniga ega “öyinçidir”. Özbekistonga har yili qiymati 10 million AQŞ dollaridan ziyodroq 200 dan ortiq MAZ texnikasi yetkazib beriladi. Tovar yetkazib beruvçi tarmoq 14 savdo agenti va 11 ta xizmat körsatiş sub'yektlari bilan hamkorlik qiladi. Toşkentda ikkinçi savdo-servis filialining oçilişi mijozlarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş, tezkorlikni ta'minlaş va qulaylikni köpaytirişga xizmat qiladi.  

Şundan söng Belarus Respublikasining sanoat vaziri Pyotr Aleksandroviç Parxomçik söz olib, nutq irod qildi va jumladan şunday dedi: “Hurmatli döstlar va hamkasblar, serquyoş Toşkent bizni özining mehmonnavozligi bilan iliq kutib oldi. Toşkentda MAZ OAJning yana bir savdo-servis nuqtasining oçilişi nafaqat MAZ korxonasi, balki Belarus iqtisodi uçun ham muhim voqeadir. Yanagi safar bu maydonçada Belarusning boşqa mahsulotlarini ham körişga umid qilaman. Uşbu korxona barqaror rivojlanişini tilab qolamiz”.

Vazirdan söng MAZ OAJ boş direktori Valeriy Valereviç Ivankoviç söz oldi: “Hurmatli döstlar va hamkasblar, mana köz oçib yumgunça Özbekistonda rasman iş boşlaganimizga 5 yil ham ötib ketibdi. Özbekiston bozori tinimsiz va juda tez ösib bormoqda hamda har bir mijoz uçun sifat bilan, raso narx bilan kuraşişga töğri kelyapti. Özbekistonning har bir viloyatida xizmat körsatiş markazlari bölişi darkor. Barçaga taşakkur!”