“Toşşahartransxizmat” AJ rahbariyati Belorussiyaning “MAZ” kompaniyasi direktori Dmitriy Kateriniç bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uçraşuvda kelgusida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşiriş va özaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama etildi. Muzokaralarda “MAZ” rahbariyati tomonidan “Toşşahartransxizmat” AJ boşqaruvi raisiga maxsus sertifikat topşirildi. Unga köra, sertifikat jamiyat tasarrufidagi “Toşavtota'mirxizmat” UKga “MAZ” avtomobillari hamda texnikalarini ta'mirlaş  va ularga servis xizmati körsatiş huquqini ta'minlaydi.

Bunday sertifikat Minsk avtomobil zavodi tomonidan “Toşşahartransxizmat” ga berilayotgan birinçi sertifikat hisoblanadi.