«MAZ-TASHKENT» MÇJ XK – bu «BeLAVTOMAZ» (Belarus Respublikasi) holdingi Boşqaruv kompaniyasi «Minsk Avtomobil Zavodi» OAJning Özbekiston Respublikasidagi 100 foiz şu'ba korxonasi va rasmiy distribyutori. «MAZ-TASHKENT» Özbekiston bozorida 2016 yildan faoliyat olib boradi. Kompaniya özining beş yillik faoliyati şarafiga «MAZ bilan yozga!» kafolatli yutuqlari bölgan misli körilmagan aksiya ötkazadi.

1944 yilning avgustida Davlat mudofaa qömitasi Minskda avtomobil yiğiş zavodi (MAZ)ni taşkil etiş töğrisida qaror qabul qildi. Özining 77 yillik  faoliyati mobaynida MAZ belarus avtotexnikasi özini sifatli, işonçli va işlatişda oddiy texnika sifatida namoyon etib kelmoqda.  Ittifoq davrida, masalan, bu texnikani  işlatmaydigan biror bir quriliş deyarli yöq edi.

Bugungi kunda «MAZ» avtomobillari – bu yuqori sifat texnikasida amalga oşirilgan eng yangi konstruktorlik ğoyalarini özida mujassamlaştirgan texnika timsoli. Zamonaviy dizayni yuqori texnik tavsiflari bilan birga MAZ texnikasiga jahondagi boşqa işlab çiqaruvçilar bilan dadil raqobatlaşgan holda xalqaro avtotexnika bozorlarida turğun pozitsiyalarni egallab turiş imkonini beradi. U har qanday iş rejimlarida özining juda zör texnik tavsiflarini namoyiş etadi, yölsizlik va qattiq iqlim şaroitlariga juda yaxşi moslaşgan.

Hozirgi vaqtda zavod konveyeridan «MAZ» markasi ostida zamonaviy, funksional va işonçli samosvallar, egarli şatakçilar, bortli avtomobillar, tirkamalar va yarimtirkamalar, maxsus texnika va turli maxsus uskunalarni örnatiş uçun şassi işlab çiqarilmoqda. Jami 500 modeldan ortiq va 1500 modifikatsiyaga yaqin texnika jahonning 50 dan ortiq mamlakatiga yetkazib berilmoqda.

«MAZ-TASHKENT» MÇJ XK MAZ yuk, maxsus va yölovçi texnikasini sotiş bilan şuğullanadi, şuningdek, kafolatli va servis xizmatlarini körsatadi. Zamonaviy maxsus texnika har qanday vazifani bajara oladi, uning sifati va işonçliligi esa vaqt sinovidan  ötgan.

—  Bugungi kunda, Özbekistondagi 5 yillik faoliyatdan keyin, butun respublika böylab 12 ta mualliflik servis markazi taşkil etilgan bölib, ularda ham kafolat, ham kafolatdan keyingi davrda sifatli servis xizmati körsatiladi. Şuningdek, köçma brigadalar ham taşkil etilgan bölib, ular avtotexnikaga bevosita uni işlatiş joyida xizmat körsatişi mumkin. Bundan taşqari, yangi sotiş markazlari oçilişi ham davom etmoqda. Yana bitta şunday markaz yaqinda Toşkent (Sirğali tumani) da Volvo markazi bazasida oçildi. Uning oçilişida Belarus Respublikasi Sanoat vaziri  Petr Parxomçik iştirok etdi. Bu yerda özingiz kompaniya maşinalarini körib çiqişingiz va sotib olişga şartnoma tuzişingiz mumkin. Bugungi kunga kelib  «MAZ-TASHKENT» sotiş markazlari 14 taga yetdi. Şuni qayd etib ötmoqçimanki, texnikamizni nafaqat Toşkent şahrida, balki mamlakatning barça mintaqalarida ham sotib oliş mumkin, bu öz navbatida xaridorlarning ançagina mablağini tejaydi. Bizning texnikamizni köriş, unga baho beriş va sinab köriş uçun yuzlab kilometr yölni bosib ötiş şart emas, — deydi «MAZ-TASHKENT» MÇJ XK direktori Valeriy Jigunov. – Bizning texnika yetkazib beradigan joylarimiz geografiyasi juda keng: Rossiyaning Şimolidan JARgaça va Vetnamdan Venesuelagaça.  MAZlar turli iqlim şaroitlarida işonçlidir. Yiğiş korxonalari butun dunyo böylab, şu jumladan, Vetnam, Venesuela, Misr, Slovakiya, Ukraina, Qozoğiston va köplab boşqa mamlakatlarda taşkil etilgan.