Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining Qaşqadaryo viloyati Ekologiya boşqarmasiga asosan xabar berişiça, yuqoridagi holat örganilganida, bu kesişlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi “Tabiatdan foydalaniş sohasida davlat xizmatlari körsatişning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori 1-ilovasi bölgan davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesişga ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamenti talablariga zid ravişda qilingani ma'lum böldi. 

Viloyat Ekologiya boşqarmasi ijobiy xulosasi olinmasdan Qarşi şahar hokimligining 2021 yil 25 yanvardagi 05/01-25-sonli daraxtlarni kesiş uçun berilgan ruxsatnomasi asosida jami 47 tup har xil turdagi va diametrdagi, xususan, 26 tup virgin arçasi, 8 tup şumtol, 2 tup örik, 3 tup çinor, 1 tup qaroli, 6 tup oq tut daraxti tag qismidan, 1 tup qayrağoç daraxti esa ildizi bilan qöporib taşlangan.

Bildirilişiça, bu daraxtlar respublika hududida davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilişiga joriy etilgan moratoriy amal qilib turgan bir paytda kesilgan.

Noqonuniy kesib ketilgan daraxtlar uçun örnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylaştirilgan. Tabiatga, ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar 253 575 000 söm deb belgilanib, hujjatlar tegişli organlarga taqdim qilinmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Eslatib ötamiz, joriy yil yanvar oyi örtalarida Qarşi şahrida 2 874 tup daraxt ildizi bilan qöporib taşlangani xabar berilgandi.