Rossiya Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov Red Wings aviakompaniyasi SSJ 100 samolyotlarida Yekaterinburg va Çelyabinskdan Özbekistonning asosiy şaharlariga parvozlarni boşlaş imkoniyatini örganayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

«Red Wings Yekaterinburg va Çelyabinskdan Özbekistonning asosiy şaharlariga, şu jumladan respublika poytaxti Toşkentga parvozlarni yölga qöyiş imkoniyatini körib çiqmoqda», deya ta'kidlagan Manturov.

Şuningdek, Rossiya sanoat va savdo vaziri «Innoprom» körgazmasida aviakompaniya rahbariyati va Özbekiston aviatsiya ma'murlari örtasida tegişli muzokaralar olib borilganini keltirib ötdi.

Denis Manturov sözlariga köra, reyslarni oçiş havo qatnovini tiklaş va Rossiya transport vazirligi tomonidan ma'lum yönalişlar uçun ruxsatnomalar berilişiga boğliq böladi.

«Ayni paytda Red Wings parkida 4ta SSJ 100 samolyoti mavjud, aprel oyi oxirida parvozlarni boşlaydigan yana uçta laynerning texnik qabul qilinişi yakunlanadi», - degan Manturov.

Ma'lumot uçun, 5 aprel kuni prezident Şavkat Mirziyoyev «Innoprom» xalqaro sanoat körgazmasida iştirok etiş uçun Toşkentga taşrif buyurgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Avvalroq, 7 aprel kuni Uzbekistan Airways 2021 yilning aprel oyidan boşlab, Toşkent - Moskva - Toşkent yönalişi böyiça muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etilişi töğrisida xabar berdi.