«Ta'kidlaş joizki, «Innoprom» Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ilğor texnologiyalar va zamonaviy işlanmalarni birgalikda ilgari suriş maqsadida ötkazib kelinayotgan eng yirik körgazma hisoblanadi. Uşbu tadbir mamlakatimizda birinçi marta ötkazilmoqda.
Uçraşuvda Özbekiston va Rossiya örtasidagi keng kölamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş, strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Denis Manturov davlatimiz rahbariga ikki mamlakatning yetakçi sanoat kompaniyalari va bank-moliya institutlari iştirokida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça birgalikda amalga oşirilayotgan işlarning natijalari töğrisida ma'lumot berdi.
Suhbat çoğida biznes va hududlar darajasidagi köp qirrali şeriklikni mustahkamlaş, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi hamkorlikni kengaytiriş va yangi loyihalarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Poytaxtimizda "Innoprom" körgazmasining muvaffaqiyatli ötkazilişi uşbu vazifalarni bajarişga xizmat qilişi ta'kidlandi.

















