Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10-12 iyun kunlari rasmiy taşrif bilan Duşanbeda böladi. Bu haqda «Aziya-Plyus» naşri Tojikiston hukumatidagi manbaga asoslanib xabar qildi.
Ikki davlat rahbarlari özbek-tojik munosabatlarining barça sohalardagi istiqbollarini muhokama qilişi kutilyapti. Ilgari erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş borasidagi işlar ham tahlil qilinadi.
Özbekiston rahbarining Tojikistonga taşrifi yakunlari böyiça Toşkent va Duşanbe örtasida transport, energetika, savdo, moliya, qişloq xöjaligi, madaniyat va ilm-fan sohalarida yangi şartnomalar töplami imzolanişi rejalaştirilgan.
Duşanbega taşrif doirasida ikki davlat san'at ustalarining qöşma konserti - «Şomi dösti» (Döstlik oqşomi) ham bölib ötadi.
Şavkat Mirziyoyev 2018 yil mart oyida, söng 2018 yil sentyabr oyining oxirida (MDH Davlat rahbarlari kengaşining Duşanbedagi yiğilişi), 2019 yil 14 iyunda (Osiyoda özaro hamkorlik va işonç çoralari böyiça konferensiyaning beşinçi sammitida iştirok etiş uçun) Tojikistonga davlat taşrifi bilan borgan edi.













