Pirovardida, fuqarolarga tomorqalaridan unumli foydalaniş va bu orqali daromad topişi va yetiştirgan hosilni avvalo öz oilasi, undan keyin esa dehqon bozorlariga arzon va sifatli qişloq xöjaligi mahsulotlarni yetkazib beriş yuzasidan barça şart-şaroitlar yaratib berildi.
Buning ustiga 2021 yil 1 aprelda tasdiqlangan «Tomorqa xöjaligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining qonuni bilan tomorqaçilarning huquqiy manfaatlari yanada mustahkamlandi.
Bu qonunning qabul qilinişi tomorqa xöjaliklarida yetiştirilgan va qayta işlangan qişloq xöjaligi mahsulotlarini erkin sotiş, narx belgilaş va olingan daromadlarni tasarruf etişga, eksportga çiqarişga muhit yaratadi.
Keyingi 4 yilda tomorqa rizq-nasiba, mömay daromad manbayiga aylandi.

Oçiği, tomorqa xöjaligi orqali aholi turmuş farovonligini yaxşilaş va bandligini ta'minlaşdek mustahkam poydevor yaratildi.
Mamlakatimizda içki talabni töliq ta'minlaş bilan birga, eksportbop mahsulotlarni ham yetkazişda juda katta imkoniyatlarimiz mavjud.
Xususan, Toşkent viloyatida 2018 yildan boşlab tomorqa maydonlari mavjud oilalar daromadini oşiriş uçun barça masalalar ijobiy hal etilib berilmoqda. Şuningdek, joylardagi mutasaddi rahbarlarning mas'uliyati oşirildi hamda oila sohiblari ham hosil va daromadni köpaytiriş uçun yangiça yondaşişlari natijasida har bir sotix yerdan 2-3 martadan hosil olişa boşladi.
Bundan taşqari, aholiga tomorqa uçun subsidiyalar va issiqxona taşkil etiş borasida tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar özining samarasini bera boşladi.

Tomorqadan hosil oliş yil sayin köpaymoqda.
Masalan:
2018 yilda 657 ming tonna, 2019 yilda 829 ming tonna, 2020 yilda 1 mln 40 ming tonna qişloq xöjaligi mahsuloti olişga erişildi.
2021 yilda esa 1 mln 304 ming tonna mahsulot yetiştirilişi qutilmoqda.
Şuningdek, 4 yil içida aholi tomorqasidagi issiqxonalar soni 3152 tadan 40672 taga yetdi.
Bugungi kunda viloyatning Bekobod tumanidagi aholi tomorqalarida 8 mingga yaqin issiqxonalar taşkil etilgan.

Bunga qanday erişildi, degan savol paydo böladi.
Xususan, tumanda 2018 yilda bor-yöği 250 ta issiqxona mavjud bölgan va şu yili Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi huzuridagi Jamğarma hisobidan 1,0 mlrd söm kredit ajratildi va qöşimça 150 taga yaqin issiqxona qurildi, oilalarning oladigan daromadi oşa boşladi. Buni bir-biridan körgan qöni-qöşnilarning issiqxona qurişga qiziqib ketişgani mana şunday natijalarga erişişga olib keldi.
Bekobod tumanining Mallaboy, Mustaqillik, Parçayuz mahallalari; Çinoz tumanining Sutbuloq, Birlik mahallalari; Yangiyöl tumanining Yuksaliş, Niyazboş, Binokor, Farovon mahallalari; Zangiota tumanining Ekiqa'la, Nazarbek, Böston mahallalari va Toşkent tumanining Hasanboy, Hasanboygözari kabi mahallalarida issiqxonasi bölmagan xonadonni topiş qiyin.
Issiqxonalarda yetiştirilayotgan mahsulotlar, olinayotgan daromadlar sarhisobini eşitib, guyoki bu mehnatkaş mahallalar ahlini xayolan xitoyliklarga tenglaştirib yuborasan kişi.
Rustam Qosimov,
Toşkent viloyati fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi
Reklama huquqi asosida











