Yoşlar bandligi masalalari böyiça yiğilişda davlat rahbari yoşlarni qişloq xöjaligiga jalb qiliş masalasiga töxtaldi.
«Yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişga e'tiborni yanada kuçaytiriş zarur. Bu borada respublika böyiça mavjud 215ta «Barkamol avlod» bolalar markazlari imkoniyatlaridan töliq va samarali foydalaniş kerak. Bugungi kunda «Barkamol avlod» bolalar markazlari bor-yöği 175 ming nafar (3 foiz) yoşlarni qamrab olgan.
Şu bois, viloyat, tuman va şahar hokimlari ön kun muddatda «Barkamol avlod» markazlarida zamonaviy tögaraklar oçiş va ularning har bir maktabda tarmoq filiallarini taşkil etiş orqali qamrovni kamida 3-5 baravarga oşiriş böyiça rejasini işlab çiqsin va amalga oşirsin (respublika böyiça kamida 500 ming yoşlarni qamrab oliş kerak).
Şu bilan birga, Aziz Abduhakimov, Şerzod Şermatov, Abduqodir Toşqulov joriy yilda 2 million nafar yoşlarni ta'lim muassasalarining sport zallari va maydonlarida tögaraklar va musobaqalarga jalb qilişi kerak.
Şu maqsadda, yoşlarni sport, madaniyat va san'atga qiziqtiriş uçun konkurs va musobaqalar köpaytiriladi», degan davlat rahbari.
Oliygohlar yon-atrofidagi mahalla yoşlari bilan işlaşda, rektorlarning örni umuman sezilmayotgani, rektorlarning bu borada bergan takliflari ma'qul emasligi ta'kidlab ötildi.
«Birortasi öz hududida mahallagaça tuşib, yoşlar tarbiyasi, uyuşmagan yoşlar bilan işlaş böyiça taşabbus bildirmagan. Qaysi rektor yotoqxonaga borib yoki böş yotgan madaniyat markazlarida yoşlar bilan uçraşdi, ular bilan muloqotni yölga qöydi, motivatsiya beriş, hayotda öz yölini topiş va madaniy tadbirlarni taşkil etdi? Afsuski, bu savolga ijobiy javob yöq.
Yoşlar bilan işlaşni öz holiga taşlab qöygani uçun, Farğona universiteti (Maqsudov), Samarqand quriliş (Ahmedov), Qöqon pedagogika (Otajonov) institutlari rektorlari va Toşkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali direktori (Olimov) lavozimidan ozod etilsin. Boşqa rektorlar qat'iy ogohlantirilsin.
Endi, bu borada mutlaqo yangi tizim yaratiladi. Har bir oliygoh yon-atrofidagi kamida 5-10tadan şahar mahallasi uçun «ma'naviyat markazi» va «madaniyat öçoği» bölişi kerak.
Oliy öquv yurtlari atrofidagi mahallalardagi uyuşmagan yoşlarni xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik tögaraklariga jalb etadi, ularning ma'naviy dunyoqaraşini şakllantirişga kömaklaşadi.
Şuningdek, özlariga biriktirilgan mahalladagi «yoşlar daftari»dagi yoşlar uçun oliygohlarga kiriş böyiça bepul tayyorlov kurslarini taşkil etadi.















