Kun.uz bu voqea haqida 11 aprel kuni xabar berib, zöravonlar maktab direktori örinbosarining öğillari ekanini ma'lum qilgandi. Ayni paytda örinbosar işdan böşatilgan.

Tuman prokuraturasi ma'lumotiga köra, gumondorlar – J.O., N.O. va X.B. Çiroqçi tumani Umakay mahallasida yaşaydi. Ular 6 aprel kuni soat taxminan 12:30da şu mahallada joylaşgan 134-maktab hududida, «guyoki ukasi – şu maktabdagi 6-«A» sinf öquvçisi M.Oga asossiz qoniqarsiz ikki baho qöyilganini bahoni qilib», öqituvçi Şohnur Oqqöziyevning yuziga bir neça marta qasddan urib bezorilik qilgan.

Holat yuzasidan tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi 12 aprel kuni JKning 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan (bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) jinoyat işi qözğatgan.

Voqeaga Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi e'tibor qaratib, öqituvçilar faoliyatiga noqonuniy aralaşuv jinoiy javobgarlikka sabab bölişidan ogohlantirgan edi. Jinoyat işi qözğatilgaç, vazirlik alohida bildiriş e'lon qilib, öqituvçilarning kasbiy faoliyatiga bu kabi noqonuniy aralaşuvlar jazosiz qolmasligini ta'kidladi.

Eslatib ötamiz, ingliz tili öqituvçisi Şohnur Oqqöziyev Kun.uz muxbiriga voqea tafsilotlarini hikoya qilib bergandi. Uning sözlariga köra, u 2 baho qöygan öquvçi darsdan keyin kelib, uni akasi çaqirayotganini aytgan; taşqariga çiqqanida esa uni bir neça kişi kaltaklay boşlagan.

«Ikki baho qöygandim, şunda ham jurnalga qöymagandim. Bunday xafa böladi deb öylamagandim.Uydagilari sal tergarmikan deb öylagandim. Hozir ahvolim ança yaxşi bölib qoldi. Boşim, oyoğim va belim ozroq oğriyapti, xolos», – degandi şifoxonada davolanayotgan öqituvçi 11 aprel kuni Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.