Google asosçilari - Larri Peyj va Sergey Brinning boyligi Alphabet kompaniyasi aksiyalari keskin qimmatlagani evaziga 100 mlrd dollardan oşdi. Bloomberğning xabar berişiça, Peyjning boyligi bir yil içida 21,2 mlrd dollarga köpayib, hozirda 103,6 mlrd dollarga baholanmoqda. Brin esa bir yil içida 20,4 mlrd dollarga boyib, hozirda uning umumiy boyligi 100,2 mlrd dollarga yetdi.
Ayni vaqtda 100 mlrd dollardan köproq boylikka Amazon egasi Jyeff Bezos, Tesla rahbari Ilon Mask, Microsoft asosçisi Bill Geyts, LVMH egasi Bernar Arno, Facebook rahbari Mark Tsukerberg hamda Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet ega.
Umuman olganda, birinçi bölib bunday yuqori körsatkiçga 1999 yildayoq Bill Geyts erişgandi.
Google kompaniyasiga egalik qiluvçi Alphabet kompaniyasining aksiyalari pandemiya vaqtida 80 foizga oşdi. Google’ga 1996 yilda asos solgan Larri Peyj va Sergey Brin Alphabet’ aksiyalarining nazorat paketiga ega. Kompaniya 2020 yil 4-çoragida 46,43 mlrd dollar tuşum olgan. Bir yil avval bu körsatkiç 37,57 mlrd dollarni taşkil qilgan.












