Sirdaryo viloyatida Qaşqadaryodan olib kelinayotgan iste'molga yaroqsiz göşt töxtatib qolingan va laboratoriya tekşiruvidan söng yoqib yuborilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş maqsadida, viloyat hududida faoliyat olib borayotgan «Sirdaryo» karantin maskanida ötkazilgan tadbirda Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida yaşovçi J.S. boşqaruvidagi « Nexia» maşinasi tekşirilgan va unda heç qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgan 329 kg qoramol göşti borligi aniqlangan.

Uşbu göşt viloyat Hayvonlar kasalliklari taşxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga olib borilib, laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazilganda, iste'molga yaroqsiz ekani ma'lum bölgan.

Şundan söng uşbu göşt viloyat Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasining tegişli xulosasiga asosan Guliston tumani Zarbdor mahallasi hududida yoqiş yöli bilan yöq qilingan.

Qayd etilişiça, fuqaro J.S. boşqaruvidagi «Nexia» maşinasi tegişli tartibda qonuniy çora köriş uçun Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamentining Sirdaryo viloyati boşqarmasi mas'ul xodimlariga tegişli tartibda topşirilgan.

Avvalroq Qarşi şahrida eşak söyib sotib kelgan şaxslar uşlangan edi. Ular faoliyat olib borgan xonadon tekşirilganda 20 boş tirik eşak va yana ança eşak göşti topilgan edi.