Garçi Las-Vegasda bölib ötgan töyda juftlikning yaqinlari va döstlari iştirok etgani ta'kidlanayotgan bölsa-da, e'lon qilingan fotosuratlardan Tillayevaning qarindoşlari töyda qatnaşmaganini köriş mumkin.

Ma'lumotlarga köra, Maryam Tillayeva AQŞga bundan 7 yil avval, 14 yoşida maktabda öqiş uçun kelgan. Maryamdan 13 yoş katta bölgan vloger (videoformatda faoliyat yurituvçi bloger, vlog - «video blog»ning qisqartmasi) kuyov Amiran esa 2020 yilda yangi hayot boşlaş uçun AQŞga köçib borgan. Juftlik ijtimoiy tarmoqlar va turli bloglarda ança faol hisoblanadi.

AQŞda yaşayotgan Lola Tillayevaning Maryamdan taşqari Umar va Safiya ismli boşqa farzandlari ham bor.