
Foto: Andreas Rentz / Getty Images for The Harmonist
Birinçi prezident Islom Karimovning kenja farzandi, AQŞda yaşayotgani aytiladigan Lola Karimova-Tillayeva qizi Maryamning yarimyalanğoç holdagi surati atrofidagi muhokamalarga munosabat bildirdi. U har kim özi uçun javob berişini ta'kidlagan.
“Men sizlardan tinçlanib, heç qaçon uçratmagan, bilmagan, sizga begona bölgan insonlarning hayotini yuragingizga bunçalik yaqin olmasligingizni sörayman.
Töğri, sizlar otam Birinçi Prezident Islom Karimovni xotirlab, uni hurmat qilasizlar va otam bunday xotira va hurmatga loyiq insonlar. Ular butun umrlarini xalqlariga bağişlagan edilar. Birinçi Prezidentning farzandlari, nabiralari va boşqa qarindoşlari uning xalq oldidagi xizmatlariga mutlaqo aloqalari yöqdir, va Birinçi Prezidentning ham ularning hayotiga aloqasi yöqdir, ular hayotdan köz yumganlariga beş yil böldi.
Islom Karimov bu juda katta nom, va uning avlodlari özining yaxşi va yomon xislatlariga ega bölgan şunçaki oddiy insonlar va har biri öz hayoti bilan yaşaydi. Ularning hayotlari faqat ularning özlarigagina tegişlidir – ular yaxşi iş qiladilarmi yoki yomon iş qiladilarmi, şarmanda böladilarmi yoki özlarini munosib ravişda tutadilarmi – bu faqat ularning işlari va huquqlaridir, va buning uçun faqat özlarigina javob beradilar.
Men bu va u dunyoda har birimiz Alloh oldida qilgan amallarimiz uçun javob berişimizga işonaman. Şuning uçun, keling, har bir inson qilgan işlari uçun unga Yaratganning Özi hukm çiqarsin, ular qanday özlarini tutişlaridan va kim bölişlaridan qat'i nazar”, – deya yozadi Lola Tillayeva.
U bevosita qizining surati masalasiga töxtalarkan, Maryam voyaga yetgan mustaqil inson ekanini aytib, uning hayotini muhokama qilmaslikni söragan.
“Mening qizim Maryam 22 yoşda va u butun ongli hayotini çet elda ötkazgan, va har bir inson kabi hayot töğrisida uning öz tuşunçalari bor – nima mumkin-u, nima mumkin emas, nima çiroyli-yu nima jirkanç. Har bir inson kabi u öz hayoti va amallari uçun özi javob beradi, va u qilgan işlar faqat uni özining hayotigagina ta'sir körsatadi.
Men onasi sifatida uni ma'qullaşim yoki ma'qullamasligim mumkin – bu mening işim, ammo u özini qanday tutişi uçun butun mas'uliyat faqat uni özining zimmasida yotadi. Bunga Prezident Karimovning aloqasi yöqdir. Karimov – özining butun borliğini öz işiga bağişlagan inson edi. U faqat öz xalqi haqidagi fikrlar bilan hayot keçirgan. U öz xalqining manfaatlarini özining şaxsiy yoki oilasining manfaatlaridan ustun qöygan inson edi. Va şu tufayli, bu inson uni uning özi qilgan işlari asosida xotirlab, hukm çiqarişlariga munosib. Uning farzandlari va nabiralari qilgan işlarni bunga aloqasi yöqdir.












