Bloger Maryam Tillayeva instagramdagi storislar orqali onasi Lola Karimova bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berarkan, u bilan beş yildan buyon gaplaşmasligini tan olgan. 

U dastlab onasi bilan yaraşiş haqidagi savolga javob qaytargan.

– Yöq, u bilan gaplaşmayapman. U aloqani butunlay uzgan yagona qarindoşim.

Men uning özini tutişini maksimal darajada ğalati deb hisoblayman: u doim özini hammaga yaxşi va jabrdiyda qilib körsatişi kerak, lekin şu bilan birga, Özbekistonda bölganida onasining uyiga kelmagan va özini juda ğalati tutadi.

Bir paytlar buni oğriqli qabul qilardim, lekin hozir bunga könikkanman va şunçaki onam şunaqaligi faktini qabul qilganman. Ukam va singlimga esa açinaman.

– Onangiz bilan ziddiyat sababini bilsak böladimi? Va bu qançadan buyon davom etmoqda?

– Biz 5 yildan beri gaplaşmayotgan bölsak-da, içki sezgim yaxşi rivojlangan va u bilan aloqada bölmasam ham, qandaydir tarzda uning hayotida nimalar bölayotganini bilib turaman.

Vaqt ötişi bilan tobora köproq narsalar yiğilib ketadi. Qaçon yaraşib ketişimizni bilmayman, çunki uni borgan sari tanimay qolyapman... eşitganlarimga köra, u özidan qoçadigan va omma e’tiborini qozoniş uçun köp narsaga qöl uradigan odamdek körinmoqda. Umuman olganda, oilamiz tarixi murakkab, ba’zi voqealarni esa buvim va boşqa qarindoşlarimga hurmat yuzasidan aytib bera olmayman.

Şu bilan birga, uning menga bölgan munosabatida qandaydir nosoğlom raqobatni his qilyapman. Menimça, men bilan raqobatlaşiş bema’nilik, çunki meni u tuqqan, meni u dunyoga keltirdi va men unga raqobatçi böla olmayman, çunki men 50 foizga u va 50 foizga otamman.

U özining oilaviy hayotiga havas qilmasligi haqidagi fikrga qöşilib, faqat özi uçun yaşaşga qaror qilganini aytgan:

«Men özim uçun qaror qilganman: buyoğiga hayotdan rohatlanib yaşayman, könglimga nima yoqsa, şuni qilaman, kim nima deyişining menga farqi yöq. Men yaqinlarimning xatti-harakatlari uçun javob bermayman va aniqki hammani qutqaruvçi yoki yaraştiruvçi Tereza ona emasman. Men şunçaki öz hayotimni yaşayman va öz oilamni quraman».