Qayd etilişiça, 14 aprel kuni taxminan soat 21:30larda Qoratoş va Bunyodkor köçalari kesişmasida Toşkent şahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari avtomobillar qatnov qismida farzandlari bilan tilançilik qilib, haydovçilarga xalaqit bergan uç nafar ayollarni körib qolişgan.
Bildirilişiça, ayollar tilançilik qiliş ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanişi haqida ogohlantirilib, ularning şaxsini aniqlaş maqsadida Şayxontohur tumani IIO FMB 2-son içki işlar bölimiga taklif qilingan.
“Bunga javoban ayollar atrofdagilarning rahmini keltiriş uçun baqirib, xodimlarga faol qarşilik qila boşlaşdi. Içki işlar bölimiga olib kelingan şaxslar Samarqand viloyatlik, 25 yoşli, ikki farzandli Mahliyo Yu., 30 yoşli Zuhra Ş. va 25 yoşli Sanobar U. ekani, şuningdek ular muqaddam bir neça marotaba ogohlantirilgani aniqlandi.
Bundan avval xodimlar mazkur ayollarning yöl qismida tilançilik maqsadida bolalaridan foydalanayotganiga guvohi bölişgan. Bu ayollarning yöl qatnov qismida tilançilik qilişi nafaqat ularning özi, balki norasida gödaklarining hayoti uçun ham xavfli bölib, kamiga boşqa yöl harakati qatnaşçilari hayoti ham xavf ostida qolgan”, deyiladi ma'lumotda.
Ma'lum qilinişiça, ayollarga nisbatan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, qonuniy çora körilişi uçun tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda, natijasi haqida qöşimça xabar beriladi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahar IIBB xodimlari tilançilik uçun javobgarlik kuçaytirilgandan buyon, faol tilançilik bilan şuğullanuvçi şaxslar orasida tuşuntiriş-profilaktik işlar olib bormoqda.
“Profilaktik suhbatlar davomida tilançilik bilan şuğullaniş sabablari örganilib, ularga yordam beriş uçun iş taklif etilmoqda. Afsuski, uşbu fuqarolar har doim ham işga joylaşişga rozi bölmasdan, yengil daromad topiş maqsadida tilançilik bilan şuğullanişda davom etmoqda”, deyiladi IIBB xabarida.













