Kun.uz muxbiri press-tur davomida Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi lideri Alişer Qodirovni uçratdi va siyosatçi bilan qisqa intervyu uyuştirdi.
Intervyu yaqinlaşayotgan prezidentlik saylovlari va Qodirovga tez-tez yopiştiriladigan «populist siyosatçi» tamğasi mavzularida bordi.
Alişer Qodirov prezidentlik saylovlarda partiyaning iştiroki haqida
Birinçidan, partiya saylovlarda haqiqatan ham iştirok etadi. «Milliy tiklaniş»ning öz qaraşlari bor.
Bu prezidentlik saylovlarida partiya özining muhim takliflarini kiritmoqçi.
Albatta, biz oxirgi yillardagi keskin özgarişlarni e'tirof etgan holda, Özbekistonning yanada barqaror va tezkor rivojlanişi uçun öz takliflarimizni bildiramiz.
Prezidentlikka partiyadan körsatiladigan nomzod haqida
Partiyaning Qurultoyi saylovdan oldin nomzod masalasida ham töxtalib ötadi va bir qarorga keladi.
Saylovdagi öz qaraşlarimizni olib çiqiş uçun bugungi kunda işçi guruhimiz işlayapti.
Öziga nisbatan populist siyosatçi «tamğasi» tez-tez yopiştirilişi haqida

Populist siyosatçilar köp hollarda xalqning erkatoyi böladi. Ular doimo odamlarga yoqayotgan masalalar haqida gapirişadi.
Meni kuzatsangiz, monitoring qilsangiz, odamlar köp hollarda fikrlarimga ijobiy baholarni aytişmaydi. Çunki partiyamiz şiori – insonni özgartiriş orqali jamiyatni özgartiriş. Bugun jamiyatda özgartiriş kerak bölgan juda köp holatlar bor. Ularning eng asosiysi dunyoqaraşimiz özgarişi kerak.
Bizning dunyoqaraşni özgartiriş böyiça qilayotgan takliflarimizning köpi dunyoqaraşini özgartirişi kerak bölgan qatlamga yoqmaydi. Bugun biz aynan şu nuqtayi nazardan tanqidlarga uçrayapmiz.











