Farğona şahrida 22 aprel kuni Farğona (Özbekiston), Batken (Qirğiziston) va Söğd (Tojikiston) viloyatlari delegatsiyalarining uçraşuvi bölib ötadi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, 22 aprel kuni Qirğizistonning Batken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliyev va Tojikistonning Söğd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boşçiligidagi ikki qöşni davlat viloyatlari rasmiylari va işbilarmonlaridan iborat delegatsiyalar Farğona viloyatiga taşrif buyuradi.

23 aprel kuni Farğona şahrida «Çegaraoldi hududlar integratsiyalaşuvi – rivojlaniş garovi» mavzusida xalqaro biznes-forum bölib ötadi.

Biznes-forum doirasida har uçala davlatning sanoat va qişloq xöjaligi sohalaridagi hamkorligi böyiça yiğilişlar hamda B2B va G2B uçraşuvlari ötkaziladi.

Kun.uz manbasining xabar berişiça, biznes-forum tadbirlari doirasida, şuningdek, Qirğiziston va Tojikiston vakillarining Farğona viloyatida işlab çiqarilgan mahsulotlar körgazmasida iştirok etişi, viloyatdagi yirik sanoat va qişloq xöjaligi majmualari faoliyati bilan tanişişi ham rejalaştirilgan.