O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafot etdi. U koronavirusga chalinib, Zangiotadagi shifoxonaga yotqizilgandi

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 15 aprel kuni 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, u koronavirusga chalinib, so‘nggi kunlarda Zangiotadagi shifoxonada davolanayotgandi.
Mirza Azizov 1963 yil Namangan viloyati Chust shahrida tug‘ilgan. 1989 yili Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga aktyor lavozimiga ishga qabul qilingan.
1999 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2015 yili O‘zbekiston xalq artisti faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
U 2016 yildan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Mirza Azizov musiqali teatr aktyori sifatida «Yusuf va Zulayho»da Fir'avn, «Farhod va Shirin»da Bahrom, «Nodirabegim» musiqali dramasida Madalixon, «Alpomishning qaytishi» spektaklida Alpomish obrazlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan edi.
Mirza Azizov rejissyorlik san'atida ham o‘z mahoratini namoyon qilib, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk spektakllar sahnalashtirgan. Uning «To‘da» spektakli 2005 yilda Qohira shahrida o‘tkazilgan XVII Xalqaro eksperimental teatrlar festivalida 94 mamlakat ichidan laureat bo‘lgan.
U ko‘plab filmlarda yetakchi rollarni o‘ynagan. Jumladan, «Ko‘ngil ko‘chalari» serialida Sanjar, «Ostona»da mayor Mo‘minov, «Imom Buxoriy»da habash, «Gulxan atrofidagilar»da Hazrat Qorayevich kabi rollari orqali milliy seriallarda hamda «Muhabbat sinovlari» filmida Aziz Mirzayevich, «Tubanlik»da Turg‘un hoji, «Marg‘iyona»da temirchi, «Muruvvat»da Qodir, «Muhabbatimsan»da Shuhratxo‘ja, «Gumrohlar»da Mirza Mahmudov, «Novda»da bosh vrach singari 50dan ziyod kinolarda asosiy rollarni ijro etib, xalq dilidan joy olgandi.
Kun.uz marhumning yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
-
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
Jahon | 23:39 / 20.03.2025
Mavzuga oid

21:33 / 15.02.2025
Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etdi

20:30 / 30.01.2025
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

17:09 / 03.01.2025
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

18:40 / 21.12.2024