Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi viloyatga borsam, og‘ir yuk bilan qaytaman – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi mexanizm ko‘ngildagidek ishlab ketmayotgani, rivojlanish xalq kutayotganday bo‘lmayotganini ma'lum qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Viloyatlar, jumladan Samarqand rivojlanishi uchun bu pullar oson topilyapti, oson berilyapti, deb o‘ylasangiz adashasiz. Har safar viloyatlarga borsam, og‘ir yuk bilan qaytaman. Chunki endi bu mablag‘ni qayerdan topib beraman, deb kamida 5-10 kun o‘ylayman. Lekin har qancha qiyin bo‘lmasin shu pullarni topib beryapmiz-ku. Chunki Samarqanddagi mexanizm ko‘ngildagidek ishlab ketmayapti, rivojlanish xalqimiz kutayotganday bo‘lmayapti.
Agar ana shu tizim ishlab ketsa, Samarqand kabi viloyatlarga hech qanday yordamning keragi yo‘q. O‘z mahalliy budjetida 1 trln mablag‘ qilib olsa, markazdan mablag‘ ajratishga hojat qolmasdi. Buning uchun quyi bo‘g‘inlardagi rahbarlar dunyoqarashi o‘zgarishi kerak. Samarqandni birinchi o‘ringa chiqarsak bo‘ladi, namuna qilsak bo‘ladi”, deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan oldin, Samarqand vokzali ortida zamonaviy turar joylar barpo etilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
16:03 / 09.03.2026
Ayollar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda
11:39 / 28.02.2026
“17 ming dollarga Isroilga yuboraman”: Samarqandda gumonlanuvchi ushlandi
17:51 / 19.02.2026