Quriliş vazirligi Toşkent şahridagi “Şahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida nimalar qurilişi töğrisida ma'lumot berdi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda majmua örab olingani töğrisida xabar va fotosuratlar tarqalgan edi.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilda Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga asosan, Toşkent şahridagi “Şahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida quriliş-ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş belgilangan.
Quriliş vazirligiga köra, u yerda:
- qatağon qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi;
- ramziy rotonda rekonstruksiya qilinadi;
- muzey xodimlari uçun alohida ma'muriy bino quriladi;
- aholi uçun maişiy xizmat binolari, milliy hunarmandçilik va savdo dökonlari quriladi;
- oçiq amfiteatr va “Wi-Fi” hududlari barpo etiladi.
Eslatib ötamiz, 1999 yil iyul oyida hukumat qarori asosida “Şahidlar xotirasi” xayriya jamğarmasi taşkil etildi. 2000 yil 12 may kuni Toşkentning Yunusobod tumanida barpo etilgan “Şahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi oçildi. 2001 yil 1 maydagi “Qatağon qurbonlarini yod etiş kunini belgilaş töğrisida”gi prezident farmoni asosida “Şahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyi barpo etildi. Muzey 2002 yil 31 avgustda – mamlakatda ilk bor nişonlangan “Qatağon qurbonlarini yod etiş kuni”da tantanali ravişda oçildi.












