Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Suvdan foydalaniş va suv iste'molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritiş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror qabul qilindi.
Hujjat bilan suvdan foydalaniş va suv iste'molida suv resurslari hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, uşbu nizom 1.10.2021 yildan boşlab amalga kiritiladi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
- suvdan foydalaniş va suv iste'molida suv resurslari hisobotini yuritişning şaffof tizimi;
- suvdan foydalaniş va suv iste'molida suv resurslari hisobotini yuritişda zamonaviy AKTni joriy etiş;
- suv resurslari sohasida monitoringni yuritiş tartibi.
Belgilanişiça, suvdan barça maxsus foydalanuvçilar va maxsus suv iste'molçilari (kommunal suv ta'minoti tizimidan suv oluvçi suvdan foydalanuvçilar va suv iste'molçilaridan taşqari) suvdan foydalaniş va suv iste'moli töğrisidagi hisobotlarni 1.10.2021 yildan boşlab elektron şaklda yuritadi.
Suv xöjaligi vazirligiga quyidagi vazifalar topşirildi:
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, DSQ, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
1.07.2021 yilga qadar suvdan foydalaniş va suv iste'moli töğrisidagi hisobotlarni elektron şaklda yuritişni ta'minlovçi dasturiy ta'minot yaratiş;
1.09.2021 yilga qadar suvdan foydalaniş va suv iste'moli töğrisidagi hisobotlarni elektron şaklda yuritiş böyiça dasturiy ta'minotdan foydalaniş töğrisida yöriqnoma işlab çiqiş, tasdiqlaş hamda suvdan foydalanuvçilar va suv iste'molçilari tomonidan uşbu dasturdan foydalaniş böyiça qisqa muddatli öquvlarni taşkil qiliş;
b) DTni respublika budjetidan moliyalaştiriladigan taşkilotlar tasdiqlangan xarajatlar smetasida rejalaştirilgan mablağlar yoki çet el (xalqaro) granti hisobidan işlab çiqiş va amalga oşiriş çoralarini köriş;












