Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko kasal bölib tuzalganidan keyin yetarliça miqdordagi antitanaga egaligi sababli koronavirusga qarşi emlanmoqçi emasligini aytdi.
Lukaşenko matbuot xizmatining ma'lumot berişiça, yaqinda olingan tahlillar uning qonida yetarli miqdorda antitanalar mavjudligini körsatgan.
Qayd etilişiça, Belarus rahbari ilgari grippga qarşi ham emlatma olmagan.
Lukaşenko Belarusdagi koronavirus bilan boğliq vaziyat nazorat ostida ekanini aytdi. Uning sözlariga köra, mamlakatda kasallik yuqtiriş holatlari bir yarim baravarga ösişi kutilgandi, ammo bu taxmin notöğri bölib çiqdi.
Belarus prezidentining fikriça, kasallik yuqtirganlar sonining avvalgi darajada uşlab turilişi respublikada yetarliça miqdorda vaksina işlab çiqariş imkoniyatini bergan.












