Bu haqda Navoiy viloyati Adliya boşqarmasida oxirgi 3 yilda amalga oşirilgan işlar va körilayotgan zarur çora-tadbirlarga bağişlab ötkazilgan matbuot anjumanida boşqarma boşliği A'zamjon Sarabekov ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, subsidiya masalasida kelib tuşgan arizalar mas'ul taşkilotlar tomonidan 10 iş kunida körib çiqilişi lozim bölsada, tijorat banklari tomonidan 140 ta, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari tomonidan 109 ta, moliya bölimlari tomonidan 77 ta, tibbiyot birlaşmalari tomonidan 66 ta, aholi bandligiga kömaklaşiş markazlari tomonidan 54 ta, yer tuziş va davlat kadastri korxonalari tomonidan 51 ta holatda uşbu muddat buzilgan.
«Uşbu qonunbuzilişlarni bartaraf etiş va kelgusida bunday holatlarga yöl qöymaslik yuzasidan komissiya a'zosi bölgan mutasaddi davlat idoralariga 144 ta ogohnoma, 38 ta taqdimnoma hamda aybdor şaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortiş yuzasidan 23 ta taklif kiritildi», — deydi Sarabekov.

Şuningdek, ötgan 3 yilda boşqarma tomonidan 111 ta normativ tusdagi qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan ötkazilib, tegişli xulosalar berilgan hamda jismoniy va yuridik şaxslarning 7 165 ta murojaati qonuniy hal etilgan. Murojaatlar va davlat organlari faoliyatida ötkazilgan örganişlar natijasida esa bir qator qonunbuzilişi holatlari, xato va kamçiliklar aniqlangan.
Boşqarma boşliğiga köra, uşbu qonunbuzilişlarning aksariyati xususiyati böyiça murojaatlarni körib çiqiş, mehnat, soğliqni saqlaş, ta'lim va boşqa sohalarni taşkil etadi. Uşbu holatlarni bartaraf etiş yuzasidan 2 055 ta taqdimnoma, 9 331 ta ogohnoma, aybdor şaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortiş yuzasidan 825 ta takliflar kiritilgan.
Körilgan ta'sir çoralari natijasida 1 805 nafar aybdor şaxs intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortilib, 22 nafari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi tugatilgan. Fuqarolar va tadbirkorlarga 17,9 mlrd söm pul mablağlari tölab berilib, davlat organlarining 435 ta noqonuniy hujjatlari bekor qilingan. Sudlar tomonidan 14,1 mlrd. sömlik 2 035 ta da'vo arizalari qanoatlantirilgan.
Matbuot anjumanidan söng, jurnalistlarni Adliya boşqarmasining yangi binosida yaratilgan imkoniyatlar bilan taniştiriş maqsadida press-tur ham taşkil etildi.
Avvalroq Navoiy viloyati Adliya boşqarmasining yangi binosi foydalanişga topşirilgan va unda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov iştirok etgandi.











